Özbekiston elçixonasi va Şvetsiyadagi Özbek milliy madaniyat markazi hamkorligida Skandinaviya mamlakatlarida istiqomat qilayotgan vatandoşlarning farzandlarini özbek tilida öqitiş loyihasi işlab çiqildi.
Toşkent şahridagi Nordik xalqaro universiteti uşbu loyihani qöllab-quvvatlaş istagini bildirdi. Xususan, dastlabki bosqiçda Şvetsiya, Daniya va Norvegiyadagi vatandoşlarning farzandlari uçun davlat ta’lim standartlariga muvofiq özbek tilida onlayn maktab taşkil etiladi.
– Bizning taşabbusimiz davlat-xususiy şeriklik namunasidir, ya’ni Stokholmdagi elçixonamiz ham, Madaniyat markazimiz ham, Toşkent şahridagi Nordik xalqaro universiteti ham uşbu muhim loyihani işlab çiqişda faol iştirok etmoqda. Hozirda biz veb-saytimizda bolalarning ota-onalari bilan onlayn maktabni qanday yuritiş kerakligi haqida sörov ötkazyapmiz. Nordik xalqaro universiteti iştirokida Madaniyat markazi negizida onlayn maktab oçişni rejalaştirilmoqda. Bugun biz uşbu universitetning tajribali öqituvçilari bilan bölajak loyihaning turli jihatlarini muhokama qildik, – dedi Şvetsiyadagi Özbek milliy markazi rahbari dedi Zilola Yölçiyeva.
Toşkent şahridagi Nordik xalqaro universiteti nomidan Şvetsiyadagi Özbek milliy madaniyat markazida taşkil etilayotgan kutubxona fondi uçun darsliklar va badiiy kitoblar taqdim etildi.













