AQŞ hali ham Rossiya-Ukraina uruşida töliq yaraşuvga bir neça hafta içida erişiş mumkinligiga umid qilmoqda, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga köra, Oq uy bu yil ham pravoslav, ham ğarb çerkovlarida 20 aprelda nişonlanadigan Pasxa bayrami böyiça kelişuvga erişmoqçi. Şu bilan birga, naşr suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, Vaşingtonda tomonlarning pozitsiyalaridagi «katta tafovutlar» tufayli muddatlar özgarişi mumkinligini tuşunişadi.
Hozir Rossiya hatto vaqtinçalik sulh uçun ham maksimalistik talablarni ilgari surmoqda – xususan, Ukrainaga qurol yetkazib berişni butunlay töxtatişni, deb eslatadi Bloomberg. Şu bilan birga, agentlik suhbatdoşlari aytişiça, AQŞ hozirça Ukrainaga yordam böyiça qandaydir çeklovlar qöyişga rozilik bermagan. Yevropadagilar prezident Donald Tramp diplomatik muvaffaqiyat uçun «Ukraina manfaatlarini qurbon qilişi» mumkinligidan xavotirda bölsa-da, AQŞ prezidenti har qanday kelişuv Kiyev uçun maqbul bölişi lozimligini tuşunadi va şuning uçun haddan taşqari yon berişga tayyor emas, deb ta’kidlaydi manbalar.
Şu bilan birga, Moskvada ham, Vaşingtonda ham öt oçişni töxtatmasdan Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi uçraşuv bölişi mumkin emas.
Bugun va ertaga Saudiya Arabistonining Jidda şahrida amerikalik diplomatlarning Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokaralari bölib ötadi, ularda 30 kun davomida energetika obektlariga zarba berişni töxtatiş böyiça kelişuvning texnik jihatlari muhokama qilinadi. Şuningdek, tomonlar Qora dengizdagi harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisida kelişib olişi mumkin.
AQŞ prezidentining maxsus vakili Kit Kellog avvalroq bu har uç tomon iştirok etadigan bilvosita muzokaralar bölişini aytgandi – uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bir joyda turli xonalarda böladi, AQŞ vakillari esa ular örtasida vositaçilik qiladi.
Mart oyi örtalarida, Putin va Trampning telefon orqali muloqotidan bir neça kun oldin, The Moscow Times gazetasining Rossiya hukumatidagi manbalari Kremlda Pasxa ikki prezident uçraşuvining eng köp muhokama qilinadigan sanalaridan biri sifatida körilayotganini ma’lum qilgandi. Naşr suhbatdoşlari ta’kidlaşiça, Moskvadagilar AQŞ tomonidan köproq yon bosişga erişiş uçun uçraşuvni iloji boriça keçiktirişni afzal körişadi, ammo şu bilan birga, agar bu juda uzoq davom etsa, Vaşington unga bölgan qiziqişini yöqotişi mumkinligidan xavotirlanadi.









