Yaponiyadagi Sukiya restoranlari tarmoğiga egalik qiluvçi Zensho Holdings kompaniyasi aksiyalari mijoz şörvasidan ölik kemiruvçi topilganidan keyin 7,1 foizga arzonlaşdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Qayd qilinişiça, hodisa 21 yanvar kuni sodir bölgan. Biroq, kompaniya bu haqda faqat ölik kemiruvçi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, oradan 2 oy ötib xabar bergan.

Yaponiya ğarbidagi Tottori şahrida sodir bölgan hodisada kemiruvçi şörvaga taom tayyorlaş jarayonida tuşgan. Ammo xizmatçilar uni buni payqamagan. Restoran sanitariya tekşiruvi uçun yopilgani, unga «begona narsalar» kirib kelişi ehtimolini bartaraf etiş çoralari körilgani va xodimlar gigiyena nazorati böyiça qöşimça treningdan ötkazilgani ta’kidlanmoqda. Soğliqni saqlaş xodimlari tomonidan ötkazilgan tekşiruvdan söng, restoran faoliyatini davom ettirgan. Sukiya voqeani tezroq oşkor qilmagani uçun uzr söradi.

Ta’kidlanişiça, hodisa oşkor bölgaç, Zensho Holdings aksiyalari qiymati 7 foizgaça tuşib ketgan. Vaholanki, oxirgi 12 oy içida aksiyalar narxi taxminan 25 foizga oşgan edi.

Kontekstdan gap qaysi kemiruvçi - kalamuş yoki siçqon haqida ketayotgani aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlarda «omadsiz taom» videolari va skrinşotlari tarqaldi, xususan, SCMP uning fotosuratini naşr etdi.

Şörva içidagi kemiruvçi hodisasi Sukiya biznesidagi tarkibiy muammoni körsatmaydi, biroq kompaniya buni yagona hodisa sifatida unutib qoldirolmaydi. Voqeaning Zensho aksiyalariga uzoq muddatli ta’siri qança mijoz yöqotilgani bilan boğliq.