Hisobotga köra, hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, u yerda xizmatlar hajmi 38,7 trln sömga yetgan. Keyingi örinlarda Samarqand viloyati (26 trln söm), Namangan viloyati (23,6 trln söm) va Farğona viloyati (22,8 trln söm) qayd etilgan.
Şuningdek, quyidagi hududlarda ham sezilarli hajm qayd etildi:
- Qaşqadaryo viloyati — 20 trln söm;
- Toşkent viloyati — 16,1 trln söm;
- Andijon viloyati — 15,1 trln söm;
- Xorazm viloyati — 12,6 trln söm;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi — 12,4 trln söm;
- Buxoro viloyati — 11,6 trln söm;
- Surxondaryo viloyati — 9,8 trln söm;
- Jizzax va Navoiy viloyatlari — 6,9 trln sömdan;
- Sirdaryo viloyati — 4,4 trln söm.
Mutaxassislar fikriça, sohadagi ikki xonali ösiş turizm oqimining ortişi, mehmonxona va umumiy ovqatlaniş şoxobçalari sonining köpayişi, şuningdek, xizmatlar sifati va qamrovining kengayişi bilan boğliq.
2025 yil yakunlari mamlakatda servis sektori barqaror rivojlanayotganini va iqtisodiyotda uning uluşi ortib borayotganini körsatmoqda.












