Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uç kişi quduqdagi gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu ma’lumotni Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz’ga tasdiqladi.

Holat 22 may kuni sodir bölgan. Tumanning Döstlik mahallasida yaşovçi 67 yoşli kişi tozalaş maqsadida xonadonidagi sizot suvlarini saqlovçi 5 metrlik quduqqa tuşgan. Ammo u quduqda hosil bölgan zaharli gazdan nafas olişi oqibatida vafot etgan.

Söngra uni qutqariş maqsadida quduqqa tuşgan 39 yoşli öğli va 46 yoşli qöşnisi ham gazdan zaharlanib halok bölgan. Ularni qutqariş uçun tuşgan yana ikki kişi esa zaharli gazdan nafas olişi oqibatida soğligi yomonlaşib, huşini yöqotgan.

Sayxunobod tuman FVB xodimlari tomonidan körsatilgan yordam sababli ota, öğil va qöşnining murdalari hamda zaharli gazdan huşini yöqotgan ikki fuqaro quduqdan olib çiqilgan. Körsatilgan tibbiy yordam tufayli ularning hayoti saqlab qolingan va tuman tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.