Qayd qilinişiça, ötgan oyda yoşlar bilan uçraşuvda prezident bir qator taşabbuslarni ilgari surgan edi. Taqdimotda buning amaliy va taşkiliy jihatlari körib çiqildi.
Xususan, şu maqsadda joriy yil sentabrdan xalqaro maktab faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Bunga dastlab 8-sinf bitiruvçilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar öğil-qiz saralab olinadi. Ta’lim dasturi xalqaro andoza asosida 3 qismdan – asosiy fanlar, ixtisoslik fanlari, yetakçilik va ijtimoiy faollikni örgatuvçi fanlardan iborat böladi. Öquv yili 3 davrga bölinib, 11 oy davom etadi.
Prezidentning yana bir taşabbusiga muvofiq, yoşlarni Amerikaning «Peçak ligasi» (The Ivy League) universitetlariga tayyorlaş yölga qöyiladi. Buning uçun 6 bosqiçli Milliy dastur qabul qilinadi. Bu yil dastlab 3 ming nafar öquvçi saralab olinadi. Ularga Prezident va ixtisoslaşgan maktablardan 208 nafar maslahatçi biriktiriladi.

Öquvçilar Renessans oromgohida yil davomida 3 haftalik intensiv öquv kurslarda öqitiladi. Yaxşi natija körsatgan 40 nafari «Peçak ligasi» universitetlariga tajriba almaşiş uçun yuboriladi.
Keyingi muhim masala – çet elda öqigan yoşlarni vatanimizda öz sohasi böyiça munosib iş bilan ta’minlaş. Bu borada «Mamlakat oltin fondi hamjamiyati»ni tuziş taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoşlar yagona platformada birlaştiriladi. Xorijda ta’lim olib qaytganlar uçun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boşqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25 mayda hamjamiyat qurultoyi ötkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, çet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yölga qöyiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaşni tizimli yölga qöyiş zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda «El-yurt umidi» jamğarmasi orqali 750 nafar vatandoş xorijda öqiyapti. Mutasaddilarga yoşlarimiz uçun bu imkoniyatlarni yanada oşiriş, jamğarma faoliyatini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi.









