Mart oyi boşlarida Turkiyadan X ijtimoiy tarmoğidagi bir neçta foydalanuvçi ham saytga kiriş imkoni yöqligini bildirgan, deb yozadi «Mediazona».

RIA Novostining ma’lum qilişiça, saytga kiriş Turkiyadagi turli mobil operatorlar va uy internet provayderlari orqali çeklangan.

TASS xabar berişiça, VPN orqali foydalanilganda Rutube Turkiya hududida odatdagi tartibda işlaydi. VPN’siz holda saytga kirişga uringanda esa quyidagi xabar çiqadi: «Ulaniş himoyalanmagan. Balki firibgarlar rutube.ru sayti orqali sizning ma’lumotlaringizni — parollar, xabarlar va kredit kartalari ma’lumotlarini öğirlaşga urinayotgandir». Xavfsiz sahifaga ötişda esa saytga Turkiya regulyatori tomonidan blok qöyilgani haqida ma’lumot beriladi.

Bloklaş haqidagi ma’lumot berilgan plaşkada Rutube’ga kiriş çeklangani sababi — saytdagi qimor öyinlarining reklama qilingani ekani aytiladi. «Noqonuniy bukmekerlik terrorizmni moliyalaştiriş uçun foydalanilişi mumkin. Noqonuniy stavkalarga pul yuboriş orqali özingizni jinoiy holatga tuşirib qöyişingiz mumkin», — deya «Mediazona» mazkur bildiruvni tarjima qilgan.

Rutube matbuot xizmati RT’ga bildirişiça, servis Turkiyada öz faoliyatini davom ettirmoqda va bloklaş haqidagi ma’lumotlar «haqiqatga töğri kelmaydi». Kompaniya ta’kidlaşiça, «qiyinçiliklar ehtimolan mahalliy provayderlar işlaş xususiyati bilan boğliq bölişi mumkin».