Yangi Zelandiyada politsiyaçilar 11 yoşli qizni ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirdi. U yerda qizga kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari qilingan. Ammo keyinroq qiz şifoxonaga politsiya xodimlarining xatosi sabab tuşib qolgani aniqlangan: huquq-tartibot organi xodimlari uni kasalxonadan qoçib ketgan 20 yoşli bemor deb öylagan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotlariga köra, mazkur holat siyosiy yetakçilarni «dahşatga» solgan va mamlakat aholisining ğazabiga sabab bölgan. Ta’kidlanişiça, «nutqida kamçiliklar mavjud» qiz Ğarbiy Hamiltonning şimoliy qismidagi köprikdan ötib ketayotganida politsiya maşinasiga duç kelgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari qizni şifoxonaga olib borgan va u yerda qiz «intensiv psixiatrik terapiya bölimiga» joylaştirilgan. Şifoxonadagi hamşira darhol şubhaga borgan va bemor «yoş bolaga öxşaşini» bildirgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, imkoniyati çeklangan qiz şifoxona xodimlariga özi haqida gapirib bera olmagan. Şundan keyin u dori içişdan boş tortgan va unga majburan kuçli ta’sir qiluvçi dorilar yuborilgan.
Politsiya öz xatosini oradan 12 soat ötgaç tuşunib yetgan. Bu vaqt davomida qiz şifoxonada yotgan. Keyinroq uni oila a’zolari olib ketgan.
Yangi Zelandiya hukumati holat böyiça tergov ötkazişni va’da qildi.












