Uning sözlariga köra, barça iştirokçi delegatsiyalar Samarqandga yiğilgan. Yevropa Kengaşi va Yevropa Komissiyasi prezidentlari, şuningdek, Markaziy Osiyoning beşta respublikasi prezidentlari şular jumlasidan.

“Davlatimiz rahbari Yevropa Ittifoqi yetakçilar Antoniu Koşta va Ursula fon der Lyayyen xonim bilan alohida uçraşuvlar, keyin qöşma tarkibda muzokaralar ötkazdi. Özbekiston bilan YeI örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo, iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari atrofliça körib çiqildi.

YeIning boş institutlari rahbarlari Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini, şuningdek, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik, işonç va şeriklikni mustahkamlaş borasidagi siyosatini yuksak baholadilar va qat’iy qöllab-quvvatlaşlarini bildirdilar.

Tomonlar innovatsiyalar, yaşil energetika, toğ-kon tarmoği, qişloq xöjaligi, transport, logistika, raqamlaştiriş va boşqa yönalişlarda qöşma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga kelişib oldilar.

Örtamizda mustahkamlanib borayotgan döstlik va köp qirrali şeriklikning ramzi sifatida prezidentimiz va Yevropa Ittifoqi yetakçilari daraxt ekdilar”, – dedi Şerzod Asadov.

Prezident matbuot kotibiga köra, sammitning işbilarmonlik dasturi ham bor: uning doirasida Şavkat Mirziyoyev Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşdi.

Şuningdek, Yevropa Investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etiş töğrisida bitim imzolandi.

Sammitning ilk kunida Şavkat Mirziyoyev qöşni davlatlar rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazib, ikki tomonlama munosabatlar va ertangi sammitga aloqador dolzarb masalalarni muhokama qildi.