Milliarder Ilon Maskning Neuralink startapi navbatdagi operatsiyalar uçun yangi bemorlarni qidirişga kirişdi. Endi bu borada mintaqaviy çegaralar yöq — dunyoning istalgan nuqtasidagi voyaga yetgan şaxs navbatdagi iştirokçiga aylanişi mumkin. Oldin arizalar faqat AQŞ, Kanada va Buyuk Britaniya aholisidan qabul qilinardi.
Neuralink’ning dastlabki bemorlari falaj yoki yon amiotrofik sklerozi bölgan odamlar edi, endilikda yangi kasalligi bor köngillilar qidirilmoqda. Kompaniya tetraplegiyaga (tananing asosiy qismi falajlangan) çalingan insonlarni qidirayotganini ma’lum qildi. Majburiy şart: bemorning orqa miya jarohati sabab ikkala qöli ham işlamasligi kerak.
Arizalarni 2025 yil 2 apreldan boşlab laboratoriyaning rasmiy sayti orqali yuboriş mumkin.
Tajriba doirasida çip boş çanoğiga joylaştiriladi. Maxsus manipulyator robot yordamida 64 ta ingiçka tola kiritiladi, ularda jami 1024 ta elektrod mavjud. Manipulyator robot miyaning harakatga javob beradigan sohalarini birlaştiradi. Har bir tolaning qalinligi 4 mikrometrdan, uzunligi esa 20 millimetrdan oşmaydi. Çipning özini kattaligi esa tangadek keladi.
«Tadqiqot harakatlar uçun javobgar bölgan miya qismiga kiçik, taşqi tomondan közga taşlanmaydigan implant joylaştirişni öz içiga oladi. Uşbu qurilma insonning neyron faolligini tahlil qilib, unga faqat harakat haqida öylaş orqali kompyuter yoki smartfonni boşqariş imkoniyatini beradi. Bunda heç qanday simlar yoki jismoniy harakat talab etilmaydi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2024 yil yanvar oyida dunyodagi birinçi odamga Neuralink miya implanti örnatilgandi. 29 yoşli Noland Arbo umurtqa poğonasi şikastlangan baxtsiz hodisa oqibatida butunlay falaj bölib qolgan. Arbo miyasiga Neuralink çipining örnatilişi natijasida fikr kuçi yordamida kompyuterni boşqara olgan.












