Tadqiqotçilar Kantor qamiş iloni - Pseudorabdion longiceps’ning ğayrioddiy harakatlaniş usulini örgangan. U oldinga keskin taşlanib, tanasini halqa şakliga keltiradi va yumalaydi. Keyin bu harakatni qayta-qayta takrorlab, sakrab ketayotgan ğildirakni eslatadi.
Şu tariqa ilon soniyasiga qariyb 30 santimetr masofani bosib öta oladi. Bu uning odatiy sudralib harakatlaniş tezligidan taxminan tört baravar yuqori.
Ğildirakka öxşaş harakatni amalga oşiriş uçun ilonga markaziy öq kerak emas. U tanasining muvofiqlaşgan aylaniş harakatlari orqali yumalaydi va şu paytda boşining holatini barqaror saqlaydi.
Yuqori tezlikdagi videotasvirlar olimlarga harakatni sekinlaştirib köriş va har bir yumalaş siklini alohida bosqiçlarga ajratib tahlil qiliş imkonini bergan. Bu usul oddiy kuzatuvda payqaş qiyin bölgan harakatlarning biomexanikasini batafsil örganişga yordam bergan.
Tadqiqot natijalari Current Biology jurnalida eʼlon qilingan.

















