Nukusda har 18 oyda bir marta ötkazilişi rejalaştirilgan birinçi Orol madaniyat sammiti öz işini boşladi.
Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva tadbir mamlakat va ayniqsa Qoraqalpoğiston uçun ulkan ahamiyatga ega voqea ekanini ta’kidladi.
«Biz köp yillardan buyon turli darajadagi tadbirlar va minbarlardan turib Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş — birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal etilişi zarur bölgan umumjahon vazifa ekani haqida tinimsiz gapirib kelmoqdamiz. Bu hududning betakror madaniyati va öziga xosligini saqlab qoliş, uşbu murakkab şaroitda yaşayotgan hamyurtlarimizning munosib kelajagini ta’minlaş uçun mintaqaga diqqat-eʼtiborni jalb etiş lozim. Özbekiston va Qoraqalpoğiston barça ijodkorlarni: butun dunyo rassomlari, olimlari, ekspertlari va faollarini birlaştiradi!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.














