Habr’ning yozişiça, robot vodorod dvigateli bilan jihozlangan, u moto-otning 4 ta oyoğini harakatga keltiriş uçun elektr energiya işlab çiqariş vazifasini bajaradi.
Robot boşqaruvi sun’iy intellektli bort kompyuteri tomonidan amalga oşiriladi. Ot har qanday joyda, jumladan, toğli va qorli hududlarda ham harakatlana oladi. Tunda ham bemalol yura oladi.
Hozirça bu konseptual model bölib, Kawasaki robotni seriyali işlab çiqarişni 2050 yilga möljallamoqda. Moto-otning narxi ham ma’lum emas.
Işlab çiqaruvçilar robotning yangi şaxsiy transport vositasiga aylanib, maşinada çiqiş imkonsiz bölgan joylarga xavfsiz sayohat qiliş imkonini taqim etişiga işonç bildirmoqda.







