«Respublikada limonçilik sohasini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, quyidagilar belgilandi:
- limon yetiştirişga ixtisoslaşgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixçam issiqxonalar qurib beriş hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgaça bölib-bölib tölaş şarti bilan sotiş;
- xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jyem va limonad işlab çiqariş uskunalarini olib keliş, örnatiş hamda tadbirkorlarga lizing asosida berişni yölga qöyiş;
- amaldagi kreditlar va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalaştiriş orqali limonçilik xöjaliklari faoliyatini imtiyozli şartlarda soğlomlaştiriş.
Şuningdek, Norin, Şahrisabz, Uçköprik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahalla ilmiy asoslangan yondaşuv asosida limon köçatlari yetiştirişga ixtisoslaştiriladi hamda uşbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon köçati yetiştiriladi.
2025 yil yakuniga qadar dehqon xöjaliklari va aholi tomorqalarida mavjud limon yetiştiriladigan yer maydonlari töliq xatlovdan ötkaziladi hamda ma’lumotlar «Online mahalla» elektron platformasiga kiritiladi.
Bundan taşqari, limonning sovuqqa va qurğoqçilikka çidamli navlarini yaratiş hamda ularning köçatini jadal köpaytirişga qaratilgan maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilinadi.








