7 aprel kuni soat 14:31 da Toşkent şahar Sergeli tumani, Quruvçilar dahasida joylaşgan köp qavatli uyda yonğin sodir bölayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBga xabar tuşgan.

Boşqarma yonğin oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöqligini ta’kidlagan edi. Biroq, ma’lum bölişiça, xonadondan 2 nafar yigit piçoqlangan holatda topilgan. 

Gumonlanuvçi yigit Sergeli tumanidagi tanişining uyiga mehmonga kelgan. Kutilmaganda ular örtasida kelişmovçilik sodir bölgan. Şundan söng yigit oşxonadagi piçoq bilan ikki nafar yigitga tan jarohati yetkazgan. Yigitlar şifoxonaga yetkazilgan.

Şifokorlar bergan ma’lumotlarga köra, yigitlar jarrohlik amaliyotini boşdan ötkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri beş marotaba, yana biri esa 7 marotaba piçoqlangani aytilgan. 

Gumonlanuvçi voqea joyidan qoçib ketgan. U uyni jinoyat sodir etgaç yoqib yuborgani aytilmoqda. Boş prokuratura holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini, gumonlanuvçi esa qölga olinganini ma’lum qildi.