Mazkur çora 10 aprel, payşanba kunidan kuçga kiradi.
Şuningdek, xitoylik rasmiylar yana 12 ta amerikalik taşkilot faoliyati ustidan nazoratni kuçaytirdi va AQŞning yana olti kompaniyasini «işonçsiz taşkilotlar» röyxatiga kiritdi.
8 aprel kuni Oq uy Xitoydan olib kiriladigan tovarlarga qöşimça bojni 34 foizdan 84 foizgaça kötargan edi. Bu qarorga asos sifatida Pekinning 34 foizlik mutanosib boji keltirildi. U AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga nisbatan şunday çeklov joriy etganidan söng e’lon qilingandi.
AQŞning Xitoydan import qilinadigan tovarlarga nisbatan umumiy boj stavkasi 104 foizga yetdi. Vaşington e’lon qilgan 84 foizlik boj Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşida joriy etilgan har biri 10 foizlik ikkita bojga qöşimça hisoblanadi.
Xitoy Tramp bojlariga javoban bosqiçma-bosqiç Amerika tovarlarga qöşimça bojlar joriy qilgan. Ular qatorida kömir, suyultirilgan tabiiy gaz va qişloq xöjaligi texnikalari ham bor. Şuningdek, Pekin AQŞning önlab kompaniyalariga çeklovlar qöygan va Jahon savdo taşkilotiga arz bilan murojaat qilgan.
Bundan avval Xitoy Savdo vazirligi «Tramp bojlariga oxirigaça qarşi kuraşiş» niyatida ekanini bildirgan edi. «AQŞning Xitoyga nisbatan bojlarni oşiriş bilan qörqitişi — xatoga xatoni qöşiş demakdir», — deyilgan vazirlik bayonotida.
Trampning sözlariga köra, Xitoy «kelişuv tuzişni juda xohlamoqda, ammo uni qanday boşlaşni bilmayapti». «Biz ularning qönğiroğini kutyapmiz», — deb yozgan AQŞ prezidenti 8 aprel kuni öziga tegişli Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
2 aprel kuni Tramp savdo hamkorlari tovarlariga nisbatan «özaro bojlar» joriy qiliş haqidagi farmonni imzoladi. Uning ma’muriyati fikriga köra, bu davlatlar amerikalik tovarlar uçun notarif tösiqlar yaratgan.
Xitoyga nisbatan tarif öşa paytda 34 foizni, Yevropa Ittifoqiga nisbatan — 20 foizni taşkil qilgan, barça import uçun esa universal asosiy boj 10 foiz etib belgilangan edi. Xitoy darhol 34 foizlik bojga javoban 34 foiz boj joriy qildi. Şundan söng Tramp darhol bu bojni bekor qilişni, aks holda yana 50 foizlik boj joriy etişi bilan tahdid qildi. Xitoy tomoni bu tahdidlarga uçmadi va 84 foizlik boj joriy etilgaç, xuddi şunday miqdordagi boj bilan javob qaytarmoqda.









