Bloomberğning yozişiça, Yevropa komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taklif AQŞning mart oyida e’lon qilgan Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan pölat va alyuminiyga bojlar joriy etiş qaroriga javoban işlab çiqilgan.
Hozirça Yevropa komissiyasi AQŞga nisbatan joriy etiladigan boj çoralarining aniq tafsilotlarini oşkor qilmagan bölsa-da, OAV xabarlariga köra, ularning qiymati 21–22 milliard yevroga teng tovarlarni qamrab oladi. Jumladan, soya dukkaklari, mototsikllar va apelsin şarbati — ya’ni asosan AQŞdagi respublikaçi ştatlar bilan boğliq mahsulotlar.
Yevropa Ittifoqining uşbu bojlari 15 apreldan boşlab amalga kiritiladi. Bungaça qarorni yuridik rasmiylaştiriş jarayonlari yakunlanadi va u rasman e’lon qilinadi.
«YeI Amerika bojlarini asossiz va zararli, har ikki tomonga, şuningdek, jahon iqtisodiyotiga ham iqtisodiy zarar yetkazuvçi deb hisoblaydi. YeI AQŞ bilan muzokaralar orqali muvozanatli va özaro foyda keltiradigan yeçimlarga erişişni afzal körişini aniq bayon qilgan», — deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida.
Şuningdek, Yevropa tomoni agar AQŞ adolatli va muvozanatli muzokara natijasiga rozi bölsa öz aksilçoralarini «istalgan vaqt töxtatişga tayyor ekani»ni ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, hozirça Yevropa Ittifoqining uşbu aksilçoralari Tramp tomonidan 9 apreldan kuçga kirgan YeI eksportiga nisbatan joriy qilingan 20 foizlik «özaro» bojlar va yaqinda e’lon qilingan 25 foizlik avtomobil bojlarini qamrab olmaydi.









