Toşkent davlat yuridik universitetining ikki nafar professor-öqituvçisi, Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev 2025 yil 28 fevral kuni Inson huquqlari böyiça «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov tomonidan Facebookʼda e’lon qilingan «Sizga açinaman, janoblar!» nomli post sabab huquq himoyaçisi ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi.
Gazeta.uz naşrining xabar berişiça, 11 aprel kuni mazkur işni fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudida sudya Bexzod Sagatov raisligida körib çiqiş boşlangan.
Da’vo arizasida yozilişiça, Abdurahmon Taşanov tomonidan yozilgan post va unga yozilgan izohlarda Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev hamda universitetning boşqa professor-öqituvçilarining qadr-qimmati kamsitilgan, işçanlik obröyiga putur yetgan va haqoratli sözlar yozilgani qayd etilgan.
11 aprel kuni bölib ötgan birinçi instansiya sudiga jarayonni yoritişga borgan qator OAV vakillari hamda jamoatçilik faollari, şuningdek, AQŞ, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonalari hamda Yevropa ittifoqining mamlakatdagi delegatsiyasi vakillari ham sud zaliga kiritilmadi. Sud yopiq tarzda körib çiqilişi ma’lum qilindi.
«Ular doimiy ravişda Facebookʼdagi çiqişlarim haqida postlar yozib, meni «noprofessional», «xaypçi», «populist»likda ayblab kelişdi. Keyinçalik hamkasblarim va döstlarimning maslahati bilan ularning men haqimdagi turli fikrlariga nisbatan post yozişga qaror qildim. Yozganlarimda ularga nisbatan heç qanday haqoratli sözlar yöq edi. Keyin bu ikki öqituvçi postim böyiça sudga da’vo arizasi kiritdi. Ularning işçanlik obröyi, şa’ni va qadr-qimmati tökilgan emiş, 200 million söm ma’naviy zarar körgan ekan», — degan Taşanov OAVga bergan intervyusida.
Da’vo arizasiga köra, professor-öqituvçilar — Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev javobgar Abdurahmon Taşanovdan «Sizga açinaman, janoblar!» sarlavhali posti böyiça raddiya e’lon qiliş, uzr söraş va uni öçirib taşlaş hamda ma’naviy zarar uçun 200 million söm undirişni talab qilmoqda.
Sud 14 aprel, duşanba kunigaça tanaffus e’lon qildi.








