“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.

Namangan tumani “Past Qiyot” MFYda yashovchi fuqaro X.Z. xonadonida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

O‘rganish davomida fuqaro X.Z. maishiy suyuq gaz ballonlarini fuqarolarga 120 ming so‘mdan sotayotgani hamda aholi xonadonlariga tegishli bo‘lgan turli xil hajmdagi maishiy gaz ballonlari gaz ta’minoti korxonalarining raqamli shifr (stiker)lari mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.