Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva oiladagi zöravonlikka qarşi qonunga kiritilgan özgartirişlarni olqişlab, buni ayollar huquqlarini hurmat qiliş yölidagi katta qadam deb atadi.

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilişiça, 9 aprel — oiladagi zöravonlikka qarşi qonun qabul qilinganiga ikki yil tölgan kunda prezident qonunçilikka nikohdan ajratişda sudlar tomonidan tayinlanadigan «yaraştiriş davri»ni bekor qilişga oid juda muhim özgartiriş kiritilişini tasdiqlagan. «Kuraş heç qaçon tugamaydi», — deb yozadi u özining Telegram kanaliga.

Prezident yordamçisi qonunga kiritilgan uşbu özgartirişni ayollarni oiladagi zöravonlikdan himoya qiliş, ularning huquqlarini hurmat qiliş yölidagi katta qadam deb hisoblaşini ta’kidladi.

Şu bilan birga, Saida Mirziyoyeva agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duç kelsa, u yerda murosaga keliş, yaraşiş har qanaqasiga imkonsiz ekanini qayd etdi.

«Bu nafaqat ayollar, balki şunday şaroitda yaşayotgan va tarbiyalanayotgan bolalar uçun ham muhimdir. Qonunçilikka uşbu tuzatişlar kiritilişi ustida işlagan katta jamoa siz tomonda.

Yöl qançalik maşaqqatli bölmasin, özingiz va farzandlaringiz tinçligini tanlang. Ota-onalar esa şuni yaxşi tuşunib olişlari kerak: qizingizning zöravonlikdan qoçib uyga kelişi emas, balki zöravonlikka toqat qilişga majbur bölişi — haqiqiy şarmandalikdir», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.