Donald Tramp AQŞ Eron bilan «juda yaxşi» muzokaralar ötkazganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, u Tehron bilan muloqotning yakuni qanday bölişi aniq emasligini qöşimça qildi.
«Eron böyiça juda yaxşi uçraşuvlar ötkazdik. Köramiz, bundan nima çiqadi. Keyingi qadam uçun bizga biroz vaqt kerak, ammo Eron böyiça uçraşuvlarimiz juda yaxşi», — deydi Donald Tramp jurnalistlarga.
Eron prezidenti ofisining ma’lum qilişiça, Tehron Vaşington bilan milliy manfaatlarga rioya qilingan holda, yadroviy bitimni imzolaşga tayyor. «Agar ular biz bilan teng şartlarda bitim tuzişni istamasa, biz öz yölimizdan ketişni davom etamiz», — deyiladi xabarda.
19 aprel kuni Rimda AQŞ va Eron vakillari örtasida Tehron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni tartibga soliş böyiça muzokaralarning ikkinçi raundi bölib ötdi. Uçraşuvda delegatsiyalar boşqa masalalar qatori atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini ham muhokama qildi.
Avvalroq AQŞ Eron bilan yadroviy bitim böyiça muzokaralar doirasida Tehron özining yuqori boyitilgan uranini uçinçi davlat — masalan, Rossiyaga topşirişini taklif qilgani töğrisida xabar berilgandi.









