Özbekistonda 2025 yil yanvar—mart oylarida qariyb 900 kişi yöl-transport hodisasi sodir etiş böyiça sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, birinçi çorak mobaynida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan 891 nafar şaxs sudlangan. Ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq, 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.

Ta’kidlanişiça, 2024 yil davomida şu modda bilan 3321 nafar şaxs sudlanib, ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, YTH sodir etgan 2 404 nafar şaxsga esa qamoq bilan boğliq bölmagan jazolar berilgan.

YHXX ma’lumotiga köra, 2021 yilda — 10 001 ta, 2022 yilda esa bundan 1 foizga kam – 9902 ta YTH qayd etilgan. Qurbonlar soni 2021 yilda — 2426 nafar, 2022 yilda esa 2356 nafar bölgan. 2023 yilning 11 oyida 2080 kişi yöl-transport hodisalari qurboni bölgan, 8055 kişi jarohatlangan.

Avvalroq Samarqandda Lacetti piyodalar yölakçasidan ötayotgan önga yaqin kişini urib ketgani töğrisida xabar berilgandi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir neçta maşina piyodalarni ötkazib yuboriş uçun töxtaganini, Lacetti maşinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yölagini kesib ötayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarşi yölga çiqib ketganini köriş mumkin.