Bolalar ombudsmani Samarqanddagi maktablarning birida öquvçiga nisbatan tazyiq ötkazilgani töğrisida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 21 aprel kuni Samarqand şahridagi 35-umumta’lim maktabi 7-sinfida kimyo darsi vaqtida öqituvçi Ş.M. darsga keç kelgan va maşğulotlarni ötişda xalaqit qilgani vaji bilan öquvçi H.D.ga jahl bilan taşlanib (uni göyoki direktor huzuriga olib bormoqçiligini aytib), bolaga nisbatan tazyiq va zörlik harakatlarini amalga oşirgan.
23 aprel kuni maktab ma’muriyati tomonidan öz kasbiy vazifasiga zid bölgan nomaqbul harakatlar sodir etgani uçun öqituvçi M.Ş. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, fevral oyida Sirdaryo tumanidagi maktabda fuqaro dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, öqituvçini haqorat qilib, unga qöl kötargani aks etgan video jamoatçilik örtasida keskin muhokamalarga sabab bölgan edi. Keyinroq ayol ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgandi.













