Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida Bokudan Astraxanga reyslarini noma’lum muddatga töxtatadi. Bu haqda aviataşuvçining matbuot xizmati xabar berdi.

AZAL’ning qarori sönggi vaqtlarda Rossiya hukumati Astraxan ustidagi havo hududini tez-tez yopayotgani sabab qabul qilingan.

Astraxan, Qozon, Nijnekamsk, Saratov va Ulyanovsk aeroportlari Ukraina dronlarining hujumlari fonida 3 fevral keçasi parvozlarga vaqtinça çeklov joriy etgandi. Mahalliy hukumat bayonotiga köra, Astraxan oblastida dronlar yonilği-energetika majmualariga hujum qilişga uringan.

Azerbaijan Airlines Boku—Astraxan—Boku yönalişi böyiça çipta xarid qilgan yölovçilarga pullar töliq qaytarilişi yoki çiptalar almaştirib berilişini ma’lum qildi. «AZAL vaziyatni diqqat bilan kuzatib, yölovçilarni jadvallardagi har qanday özgarişlardan öz vaqtida xabardor qilib bormoqda», — deya qöşimça qiladi aviakompaniya.

Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines samolyoti 25 dekabrda Oqtov şahriga majburiy qöniş vaqtida halokatga uçragan edi. Hodisa oqibatida 38 kişi halok bölgan. Euronews va Reuters ma’lumotlariga köra, samolyotning qulaşiga Rossiyaning Havo hujumidan mudofaa tizimlari sababçi bölgan.

Halokat sabablari hozirgaça rasman e’lon qilinmadi. Şu bilan birga Rossiya prezidenti Vladimir Putin halokatdan köp ötmay Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga qönğiroq qilib, «Rossiya havo makonida sodir bölgan fojia» uçun uzr söragan edi. Aliyev esa Rossiya samolyotning qulaşida «öz aybini tan olişi kerakligini» ma’lum qilgan.

AZAL samolyoti halokatidan keyin bir qator xorij aviakompaniyalari Rossiyaga reyslarini bekor qildi. Xususan, Azerbaijan Airlines RFning qator şaharlariga parvozlarini töxtatib qöydi.