Rossiyaning Astraxan oblasti hosilni yöqotişi mumkin, bunga mehnat migrantlarini qabul qilişdagi çeklovlar sababçi. Hudud mamlakatdagi eng yirik sabzavot yetiştiruvçi hudud hisoblanadi. RBK ta’kidlaganidek, yanvar oyidan beri mahalliy korxonalar işçilarning umumiy sonidan faqat 40 foizini çet elliklar hisobidan yollaşi mumkin.

Endi Rossiya mehnat vazirligi bu qarorni, xususan, Astraxan ma’muriyati va Qişloq xöjaligi vazirligining şikoyatlari tufayli bekor qilişni taklif etmoqda. 2025 yilda viloyatda ekin maydonlarini 8 foizga kengaytiriş rejalaştirilgan.

Xorijiy işçilarning hozirgi uluşi hosilni avvalgi hajmda yiğişga imkon bermaydi, deb hisoblaydi Agro and Food Communications boşqaruvçi hamkori Ilya Bereznyuk.

«Astraxan oblasti haqiqatan ham yetakçi rol öynaydi. Masalan, 2024 yilda jami 13,9 million tonna sabzavot yiğib olindi. 1,9 million tonna, ya’ni Rossiyadagi yalpi sabzavot hosilining taxminan 14 foizi, hisob-kitoblarga köra, har uçinçi tarvuz Astraxan viloyatida yetiştiriladi. Işçilar soniga kelsak, men aniq bilamanki, mahalliy aholidan foydalangan holda migrantlar taqçilligini qoplaş imkonsiz. Masalan, pandemiya davrida, ularning soni kamayib borayotgan bir paytda, bu nafaqat Astraxan viloyatida, balki boşqa mintaqalarda ham katta muammolarga olib keldi. Ayni paytda migrantlarsiz bu juda qiyin», dedi u.

Mehnat vazirligi Astraxan oblastida mavsumiy işlar uçun 20 mingdan ortiq kişi zarurligini, ulardan 9 mingdan ortiği çet elliklar ekanini ta’kidlaydi. Bu böşliqni yaqin kelajakda talabalar yoki qöşni viloyatlardan kelgan işçilar bilan töldirişning imkoni bölmaydi, deydi mutaxassislar. Ehtimoliy hosil tanqisligi nafaqat mintaqada, balki butun Rossiya bozorlarida sezilişi mumkin.

Rosstat ma’lumotlariga köra, mintaqada Rossiyaning barça sabzavotlarining 30 foizi yetiştiriladi. Astraxan ma’muriyati mahalliy korxonalar barça mahsulotlarning 60 foizini mintaqadan taşqarida, şu jumladan eksport uçun sotişini ta’kidlamoqda.