28 aprel kuni Özbekiston vazirlik va idoralari delegatsiyasi boş prokuror örinbosari Şohrux Aminov rahbarligida Rossiyaga jönab ketdi. Bu haqda boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Özbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qiliş masalalari böyiça idoralararo işçi guruhning birinçi yiğilişida iştirok etadi.
Işçi delegatsiya tarkibiga Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, taşqi işlar, içki işlar va soğliqni saqlaş vazirliklari vakillari kiritilgan. Taşrif doirasida asosiy tadbirlar – 29 aprel kuni bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 15 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovga xorijdagi Özbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari himoya qilinişi borasida parlament sörovi yuborgan edi.
TIV rahbaridan Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ma’lumot beriş söralgan.













