"Innoprom. Markaziy Osiyo" körgazmasi doirasida Özbekistonda DOST brendi ostida tijorat texnikasini işlab çiqariş yölga qöyilişi rejalaştirilayotgani ma’lum qilindi. Loyiha taşabbuskori Jizzakh Commercial Vehicles kompaniyasi hisoblanadi. Maqsad — Özbekiston tijorat avtotransporti segmentida kompleks ekotizimni şakllantiriş. Bu yerda gap nafaqat avtomobillar işlab çiqariş, balki ular negizida turli sohalar, jumladan, izotermik furgonlar, yevroplatformalar, maktab avtobuslari, tez tibbiy yordam avtomobillari va boşqalar uçun keng turdagi maxsus texnikalarni işlab çiqariş böyiça kompetensiyalarni yaratiş haqida bormoqda.
Loyiha yangi iş örinlarini yaratiş, mamlakat içida töliq işlab çiqariş siklini şakllantiriş, muhandislik va texnologik kompetensiyalarni rivojlantiriş, avtomobil işlab çiqariş va kuzovga örnatilgan maxsus uskunalarini loyihalaş sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşni ta’minlaydi.
Işlab çiqarişni "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasida 2025-yil oxirigaça yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Loyiha bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi:
- 2025 yil — SKD-yiğuvi boşlanişi (yirik uzelli);
- 2028 yil — payvandlaş, böyaş va yiğişni öz içiga olgan CKD-işlab çiqariş (mayda uzelli)ga ötiş. Şuningdek, bir qator komponentlarni lokalizatsiya qiliş rejalaştirilgan.
Işlab çiqarişda xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimi joriy etiladi.
Barça DOST modellari Özbekistonning iqlim va foydalaniş xususiyatlari, jumladan, yuqori sovitiş tizimi, korroziyaga qarşi himoya, mahalliy sifatdagi yonilğiga moslaşuvçanligiga muvofiq va mahalliy taşuvçilarning xohiş-istaklarini hisobga olgan holda salonlarning qayta işlangan tuzilişiga ega böladi.
DOST dilerlik tarmoği avtomobillarga servis xizmati körsatiş böyiça töliq xizmatlarni taqdim etadi.

Körgazma doirasida brend ekspozitsiyasi
"Innoprom. Markaziy Osiyo" körgazmasida texnikaning quyidagi tajriba namunalari taqdim etilgan:
• tez tibbiy yordam avtomobili;
• sayyohlar uçun avtobus;
• refrijyerator.









