Ispaniyada 28 aprel kuni elektr energiyasi ta’minoti uzilişi sabab kamida beş kişi halok böldi, deb xabar beradi El Pais naşri.

Politsiya Oranse provinsiyasida bir oilaning uç a’zosi — er-xotin va ularning farzandi ölimi böyiça tergov olib bormoqda. Ularning jasadi 29 aprel kuni ertalab topilgan. Dastlabki versiyaga köra, ular nosoz generatordan çiqqan is gazidan vafot etgan bölişi mumkin.

Alsira şahrida esa 46 yoşli ayol kislorod uzatiş apparati işlamay qolişi oqibatida vafot etgan.

Bundan taşqari, Madriddning Karabançel tumanida yonğin oqibatida halok bölgan ayolning jasadi topilgan. Yonğin şam tufayli yuzaga kelgan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi 28 aprel kuni kunduzi öçdi. Şundan keyin temiryöl transporti faoliyatida uzilişlar kuzatildi, yuzlab aviareyslar bekor qilindi, dökonlar va şifxonalar öz faoliyatini töxtatdi. Blekautga nima sababdan yuzaga kelgani noma’lum. 29 aprel kuni Ispaniyaning Red Elekctrica elektr tarmoqlari operatori mamlakatdagi energiya ta’minotining 99 foizi tiklanganini ma’lum qildi. Portugaliyada esa elektr energiyasini yetkazib beriş 28 aprel oqşomida bosqiçma-bosqiç tiklana boşlagan.

Avvalroq Ispaniya Içki işlar vazirligi blekaut fonida mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgani töğrisida xabar berilgandi.