Mazkur oçiq muloqot Xalq banki, Markaziy bank va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Unda mayizçilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar, eksportçi korxonalar, qayta işlaş korxonalari, xorijiy ekspertlar, davlat idoralari va tijorat banklari vakillari iştirok etdi.
Muloqot doirasida prezident farmon va qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi, jahon mayiz bozoridagi sönggi tendensiyalar va Özbekistonning uşbu bozordagi raqobatbardoş örni muhokama qilindi. Şuningdek, mayiz ekportini kengaytirişda uçrayotgan muammolar va ularning yeçimlari, Özbekiston, xususan Qöşrabot mayizining öziga xos xususiyatlari va uning xalqaro brend salohiyati, Yevropaga mayiz eksportida qöllanayotgan amaliy tajribalar kabi muhim yönalişlarga alohida e’tibor qaratildi.
Respublikamizda mavjud mayizbop uzumzor maydonlar, ularda yetiştiriladigan mayizning 65 foizi, şuningdek, umumiy mayiz eksportining 65 foizi Samarqand viloyati hissasiga töğri keladi.

Mazkur sohani tuzilmaviy asosda rivojlantiriş maqsadida Qöşrabot tumani bazaviy tuman etib belgilandi va “Qöşrobat-Agro star” MÇJ taşkil etildi. Uning faoliyatiga Iştixon, Urgut va Xatirçi tumanlari qamrab olinadi. Loyihalarning investitsion va moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlanişi uçun Xalq banki mas’ul etib belgilangan.
Özbekistonda 90 ming gektar mayizbop tokzorlar mavjud bölib, “Qöşrabot – Agro Star” MÇJ qamroviga kiruvçi tumanlardagi mayizbop tokzorlarning umumiy maydoni 32 875 gektarni taşkil qilib, bu körsatkiç respublikaning 37 foiziga töğri keladi.
Uşbu hududlarda har mavsumda örtaça 92 350 tonna mayiz yetiştiriladi, bu respublikadagi umumiy hajmning 40 foizini taşkil etadi.

Şuningdek, Xalq banki va “Qöşrabot agro star” MÇJ hamkorligida Qöşrabot tumanida zamonaviy Agrosanoat majmuasini taşkil etiş rejalaştirilgan. Majmua mayizbop uzum yetiştiriş, quritiş, laboratoriya sinovlaridan ötkaziş, qayta işlab qadoqlangan şaklda içki va taşqi bozorga milliy brend nomi bilan çiqariş kabi bosqiçlarni öz içiga oladi.
Tadbir davomida Xalq banki tomonidan mayizçilik sohasini moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari, kreditlar va moliyaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Oçiq muloqot formatida taşkil etilgan tadbirda savol-javoblar, taqdimotlar, fikr almaşinuvi sessiyalari ötkazildi. Iştirokçilar uçun “G2B” (davlat–biznes) va “B2B” (biznes–biznes) uçraşuvlari uçun alohida vaqt ajratilib, istiqbolli hamkorliklarni yölga qöyiş imkoniyati yaratildi.












