Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, Özbekiston II jahon uruşi davrida (1939-1945 yillar) 6,5 million aholiga ega bölgan va 1 million 951 mingdan ortiq kişini frontga jönatgan. Ulardan 538 ming nafari frontda halok bölgan.
Uruş davrida Özbekiston muhim frontorti markaziga aylangan. Bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyilgan, respublika 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani bağriga olgan.
Qayd qilinişiça, bugungi kunda Özbekistonda II jahon uruşi qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan faxriylar 82 nafarni taşkil qiladi. Ularning eng uluği 114 yoşni qarşilagan.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev II jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Unga köra, uruş qatnaşçilariga 10 ming dollardan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga tenglaştirilgan şaxslarning har biriga 25 mln sömdan bir martalik pul mukofoti beriladi.








