Amerikalik amaldorlar AQŞ prezidenti Donald Tramp uçun Rossiyaga iqtisodiy bosim körsatişning bir qator variantlarini tayyorlab qöydi. Bunga Vladimir Putin Ukrainada öt oçişni töxtatişni keçiktirayotgani sabab bölmoqda, deb yozadi Bloomberg öz manbalariga tayanib.
Tramp jamoasining takliflari nimalardan iborat ekani — noma’lum. Bloomberg suhbatdoşlarining sözlariga köra, Tramp hozirça qaror qabul qilmagan, çunki uruşni yakunlaş böyiça diplomatik sa’y-harakatlar davom etmoqda. Ularning qöşimça qilişiça, har qanday qarorni yakunda baribir AQŞ prezidenti qabul qiladi.
AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi va Davlat departamenti agentlikning izoh sörab yöllagan murojaatlarini javobsiz qoldirgan.
Donald Tramp bir neça bor Vladimir Putin tinçlikni xohlaşi haqida gapirgan edi, ammo 24 aprel kuni keça Kiyevga berilgan zarbalardan keyin AQŞ prezidenti bu boradagi fikrlarini özgartirib, Rossiyaga qarşi ikkilamçi sanksiyalar joriy etişni öylab boşladi. Davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlaşiça, hozirça sanksiyalar Vaşington uruşni diplomatik yöl bilan yakunlaşga umid qilayotgani bois joriy etilmayapti.
Avvalroq AQŞ senatorlari Rossiyaga qarşi «maydalovçi» sanksiyalar tayyorlayotgani töğrisida xabar berilgandi. Bu boradagi qonun loyihasi nafaqat Rossiyaga qarşi, balki RFdan neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uran sotib oluvçi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik bojlarni ham nazarda tutadi. Bundan taşqari, AQŞ fuqarolariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib oliş taqiqlanadi.









