“Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat taşkiloti an’anaviy OAV erkinligi indeksini e’lon qildi. 2025 yilgi reytingda Özbekiston 180 ta mamlakat orasida ötgan yilgi kabi 148-örinni egallagan va hamon söz erkinligi böyiça vaziyat “juda jiddiy” davlatlar qatorida qolmoqda.
Özbekistondagi OAV erkinligining darajasi ötgan yili 100 baldan 37 balga, bu yil esa 35 ballga baholangan. Reytingga asos böladigan indikatorlarning beşalasida ham pasayiş qayd etilgan.

Qöşni mamlakatlardan Qozoğiston 141-, Qirğiziston 144-, Tojikiston 153-, Turkmaniston 174-, Afğoniston 175-örinda qayd etilgan.
Rossiya sönggi öntalikka – 171-öringaça tuşib ketgan, Xitoyning örni 180 davlat orasida 178-öringaça tuşib ketgan. Reytingni Şimoliy Koreya va Eritreya yakunlab beradi.
Hisobot mualliflariga köra, dunyo böylab jurnalistlarning erkin faoliyat yuritişiga tösiqlarning köpayib borişi tendensiyasi töxtamayapti.
“Dunyo böylab söz erkinligi eng past darajaga yetdi”, – deyiladi “Çegara bilmas muxbirlar” şarhida.
Taşkilot tomonidan kuzatib boriladigan 180 ta mamlakat va hududdan 90 tasida OAV xodimlarining ahvoli “qiyin” yoki “juda jiddiy”.
Mualliflarga köra, söz erkinligi böyiça global vaziyatning yomonlaşayotganiga xavfsizlik muhitining beqarorligi va avtoritarizmning kuçayişi bilan birga, iqtisodiy bosim ham asosiy sababdir.
Reyting tuzuvçilarning ta’kidlaşiça, bugungi kunda butun dunyo böylab tahririyatlar tobora mustaqillik va iqtisodiy omon qoliş istagi örtasida tanlov qilişga majbur bölmoqda.
RSF ijroçi direktori Anya Osterxaus ommaviy axborot vositalarining moliyaviy qiyinçiliklarini “mustaqil jurnalistika – avtokratlar uçun tikan” ekani bilan tuşuntirdi.
“Agar ommaviy axborot vositalari moliyaviy qiyin ahvolga tuşib qolsa, yolğon ma’lumotlar, dezinformatsiya va tarğibotni kim foş qiladi? Demak, jurnalistlar xavfsizligi uçun har kungi kuraşdan taşqari, jurnalistikaning iqtisodiy asoslarini mustahkamlaş kerak”, – deydi u.








