3 may kuni Diversity Visa - 2026 (Green Card) natijalari e’lon qilindi.

Natijani dasturining rasmiy sayti - dvprogram.state.gov sayti orqali tekşiriş mumkin. Saytga anketa töldiriş vaqtida olingan tasdiqlovçi raqamni kiritiş kerak.

Ma’lumot uçun, Green Card lotereyasi AQŞda 1990 yilgi immigratsiya töğrisidagi qonunga asosan işlab çiqilgan loyiha hisoblanadi. Uşbu lotereya ğoliblari AQŞda yaşaş va işlaş huquqini beruvçi vizaga ega böladi. Lotereyani ötkaziş, ğoliblarni aniqlaş va ularga viza beriş bilan Davlat departamenti şuğullanadi.

Har yili 55 mingta vizaga ega çiqiş uçun butun dunyo böylab 20 milliondan köproq odam ariza topşiradi. Odatda ğolib sifatida qayd etilgan ariza beruvçilarning 50 foizdan köproği viza böyiça intervyudan ötgan taqdirdagina viza oladi.