«Amerika Ovozi» (Voice of America) radiostansiyasi kelasi haftadan yana efirga çiqişi mumkin. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Naşrning yozişiça, stansiya xodimlari AQŞ Adliya vazirligidan elektron xat olgan, unda ularga ofisga «bosqiçma-bosqiç qaytiş» va iş boşlaşga ruxsat berilgan.
«Amerika Ovozi» Ukraina xizmatining sobiq jurnalisti Ostap Yariş sözlariga köra, 2 may kuni keçqurun majburiy ta’tilga çiqqan xodimlar yana işga çaqirilgan. Ular AQŞ Global Media agentligidan (USAGM) «keyingi qadamlar» haqida elektron xat olgan.
«Yaqin kunlarda siz agentlikni modernizatsiya qiliş va uning missiyasini bajariş böyiça keyingi qadamlar böyiça körsatmalar olasiz... Biz barçangiz bilan hamkorlik qilişni sabrsizlik bilan kutamiz», deb Yariş maktubdan iqtibos keltirdi.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati «Amerika Ovozi» radiosini «radikal tarğibotda» ayblab, naşrga qarşi qator da’volarni ilgari surgan edi.
Mart oyida Tramp ma’muriyati «Amerika Ovozi»ni nazorat qiluvçi va Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi, Ozod Osiyo radiosi va Yaqin Şarq radioeşittiriş tarmoqlari kabi notijorat stansiyalarga federal mablağlarni taqsimlovçi AQŞ Global Media agentligini (USAGM) tarqatib yuboriş töğrisida buyruq çiqardi. Şundan söng, «Amerika Ovozi» faoliyatini amalda töxtatgan edi.









