Andijon viloyati YHXB Buloqboşi tumanida sakkizta avtomobil iştirokida röy bergan yöl-transport hodisasi yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Hodisa 10-oktabr kuni soat 09:40 atrofida Neftçilar mahallasining Konçilar köçasida sodir bölgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, Neftçilar - Kulla yönalişida harakatlanib kelayotgan 48 yoşli Oʻ.A. boşqaruvidagi tuproq ortilgan Howo yuk maşinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda haydovçi boşqaruvni yöqotgan.

Yuk maşinasi qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotgan Cobalt, Nexia, BYD Song Plus va Nexia 2 avtomobillari, şuningdek, yölning öng tomonida töxtab turgan Nexia 3, Damas va Matiz bilan töqnaşgan. Bundan taşqari, köça böyida joylaşgan dökonlarga ham zarar yetgan.

YTH oqibatida uç nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Howo haydovçisi va yana uç kişi turli tan jarohatlari bilan tuman şifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Buloqboşi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.