Aynan şu köçada oqibati ölim bilan tugagan yuk maşinasi iştirokida kamida 5 ta ayançli avtohalokat sodir bölişi. YTH oqibatida 3 kişi halok bölgani aytilmoqda. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini örgandi.

Suriştiruvdan maʼlum bölişiça,  Buloqboşi tumani Neftçilar qişloğida markaziy köça kiçik dovonga tutaşgan bölib aynan şu köçadan yuk maşinalari qatnaydi. Köp holatlarda qiyalikdan qum va şağal ortib olgan yuk maşinalarining tormoz tizimi işlamay qoladi. Oxirgi 2 yilda ana şunday yuk maşinalari iştirokidagi YTHda kamida 6 nafar fuqaro halok bölgan.

Mahalliy aholi köngilsiz holatlarning oldini oliş uçun markaziy köçadan yuk maşinalari qatnoviga çek qöyiş hamda notekis yöllarni tekislab berişlarini sörab tegişli idoralarga köp marta murojaat qilgan. Biroq natija bölmagan.

Yana qança odam ölişi kerak?

“Bugungisi bilan hisoblaganda qişloğimizda yuk maşinasi bilan boğliq beşinçi marta ana şunday dahşatli falokat yuz berişi. Avvalgi YTHlarda yuk maşinasi tepalikdan kelib tormozi işlamasdan, neçta xonadonlarga urilib, xonavayron qildi. Neçta odam ölib ketdi...

Dovonni pasaytirib beramiz, yöllar kengaytirilib taʼmirlanadi, deb vaʼda berişganiga neça zamonlar bölib ketdi. Amaliy natija yöq. Bugungi YTHda ikki yoş bola öldi. Biri ayol kişi.

Bunday köngilsiz voqealar qaçongaça davom etişini bilmaymiz. Bu katta yuk maşinalar orqasidan yana qança odam ölişi kerak?

Yölni kengaytiriş kerak eng avvalo. Bu yöl aslida snosga tuşgan. Lekin mablağ ajratilmay qolib ketdi. Bizning  Neftprom qişloği bilan heç kimning işi bölmay qoldi. Piyodalar yölagi yöq, hamma yoq xonavayron.

Qişloqqa tutaşib ketgan dovonimizning neça metr balandligini aniq bilmayman. Kamida 100 metr bölsa kerak. Endi öylang, 60 tonna maşina yuki bilan tepadan tuşib kelyapti. U endi pastga tuşgunça 150-200 tonna bölib ketsa kerak.

Tepalikda karerlar bor. Yuk maşinalari u yerdan yukini olib dovondan qişloğimiz tomon tuşib keladi. Köp holatlarda pastlikka tuşayotgan tenikaning tormozi işlamay qoladi. Haydovçi keyin maşinani töxtata olmay, odamlarning ustiga bosadi-da. Avvallari yuk maşinalari faqat tunda harakatlanar edi. Nima böldi-yu, kunduzi yuradigan bölib qoldi. Asfaltlarimiz ham şu yuk maşinalarining dastidan “öldi”. Tegişli taşkilotlardan iltimos qilib qolamiz, inson hayotiga xavf solayotgan bu yuk maşinalarini köçamizdan harakatlanişiga çek qöyişda yordam berişsin, yöllarimizni tekislab, taʼmirlab berişsin”, deydi Abdulahad Abdurasulov.