Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida sodir bölgan suv toşqiniga Janubiy Farğona kanaliga me’yoridan ortiq suv taşlanişi sabab bölgan. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Unga köra, xavfli gidrologik hodisaning kelib çiqişiga Janubiy Farğona kanaliga GES qurilişi sababli ortiqça suv taşlangan. Suv sarfi taxminan 15 metr kub/sekundni taşkil etgan. Hodisa talafotlari örganilganida jami 560 ta xonadonni suv bosgani aniqlangan.

FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning içiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.

“Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa hamkor taşkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytiriş va kirgan suvlarni çiqarib taşlaş işlari olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Oldinroq tumanning kanalga tutaş hududlarida yaşovçi aholi evakuatsiya qilinayotgani aytilgandi. Hozirda suv sizib çiqişining oldini oliş işlari davom etmoqda. Hodisani bartaraf qiliş uçun 40 ga yaqin texnika jalb qilingan.