Yamandagi husiyçilar obektlariga uyuştirilgan zarbalar AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga 1 milliard dollardan ortiqqa tuşdi, deb xabar beradi NBC News telekanali.

Ma’lumotlarga köra, uşbu summaga Yaman hududiga uçirilgan minglab snaryad va raketalar uçun sarflangan mablağlar, şuningdek, urib tuşirilgan yettita dron va Qizil dengizga çökib ketgan ikkita qiruvçi samolyot ham kiradi.

Qayd etilişiça, amerikalik harbiylar mart örtalaridan beri 2 mingdan ortiq bomba va rekatalardan foydalangan, jumladan, 75 ta «Tomagavk» qanotli raketalarini uçirgan.

2023 yilda Ğazo sektoridagi vaziyat keskinlaşganidan keyin husiyçilar Isroil hududini öqqa tutişlari va ularga boğliq kemalarning Qizil dengiz suvlarida harakatlanişiga yöl qöymaslikdan ogohlantirgan edi. 2025 yil yanvar örtalarida öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilganidan keyin hujumlar töxtagandi, ammo martda tinçlik sulhi buzilgaç, husiyçilar Isroil kemalariga yana zarbalar berişni boşladi.

15 martdan buyon AQŞ Yaman hududining qariyb uçdan bir qismini nazorat qilayotgan husiyçilar obektlariga zarbalar bermoqda. AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi bayonotiga köra, operatsiya Amerika manfaatlarini himoya qiliş va kemalarning erkin harakatlanişini ta’minlaşga qaratilgan.

6 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaman husiylari endi jang qilişni istamayotgani, şuning uçun Qöşma Ştatlar ularning pozitsiyalariga zarba berişni töxtatişini ma’lum qilgandi.