Kun podkastiʼning bu galgi sonida teleboşlovçi, radioboşlovçi hamda aktyor Muzaffarbek Mirzabekov bilan uning otasiz katta bölgani, bolalik vaqtlarida oilasiga yordam beriş uçun somsa yopib sotganligi, teleboşlovçilikning oltin qoidalari, nutqni ravon qiliş usullari, hatto farzandini tuproqqa qöyib, ertasiga jonli efirga çiqişga majbur bölgani, efir davomida boşlovçilarning raqsga tuşişlari, telekanallardagi reyting maşmaşasi va boşqa aktual mavzularda suhbatlaşdik.
Suhbatimizni bugun men sizning ismingizdan boşlaşni lozim topdim, Muzaffarbek, ismingizni kim qöygan?
– Ismimni onamlar qöyganlar, hamişa ğolib bölsin deb.
Avvalida har bitta kasbda qiyinçilik böladi. Siz öşa ğolib böliş uçun, Muzaffar degan nomga ega böliş uçun qanaqa qiyinçilik davrlarni boşdan ötkazgansiz?
– Endi yaxşi maqol bor-ku, “jon kuydirmasang jonona qayda, toğga çiqmasang dölona qayda” deydi. Nohaqliklar bölgan, balki u yerda men nohaq bölgandirman. Tösiqlar ham bölgan, busiz iloji yöq, mening yuqori lavozimlarda işlaydigan heç qanaqa qarindoş-uruğim yöq. Avvalambor mehnat, köpçilik aytadi, gapiraveradi ular deb, köpçilikda mehnat, 99 foiz mehnat, 1 foiz iste’dod. Mehnat, usiz iloji yöq, mehnat qilmasangiz bölmaydi. Şuning uçun men birinçi navbatda har doim aytaman, bu narsani aytişdan ham çarçamayman. Mana şunaqa menga yordam bergan, ya’ni yaxşi ma’noda ğoyalarimni qöllab-quvvatlagan, vaqtida qani qila oladimi, yöqmi, deb meni sinagan ustozlarim Furqat aka Zokirovga, Akrom aka Mahkamovga kattakon rahmat deyman, umrlari uzoq bölsin.
Muzaffar bölib tanilişimda şu insonlarning hissasi juda ham katta. Ustozlar juda ham köp Qahramon aka Aşurov, Obid Asomov, Töxtamurod Azizov, Botir Muhammadxöjayev, Mirzabek Xolmedov institutda dars berganlar. Men hammalariga rahmat deyman. Bir intervyuda taniqli insonning bir zör gapi menga yoqdi. Özimdan bir yoş katta bölsa ham aktyorni, aktrisani men özimga ustoz deb bilaman.
Bolalikda kimdir u kasbda, kimdir bu kasbda işlaydi-ku, sizni ham qaysidir kasblarga qöyişganmi?
– Albatta, men bolaligimda 5-sinfdan oşxonada işlaganman, somsaxonada somsa yopganman, somsa sotganman, piyoz töğraganman, piyoz çopganman, institutni bitirgunimça işlaganman. Bundan taşqari institutga kira olmaganimda bir yil “Mikon” zavodida oddiy çilangar bölib işlaganman. Institutda öqiyotganimda tirikçilik qiliş kerak deb 1993 yil birinçi bölib Ahror Qöşmatov ikkalamiz yangi yil arafasida xonadonma-xonadon yurib, men Qorbobo kiyimida bolajonlarni tabriklab yurardik.








