2025 yil 5 may kuni Toşkent şahridagi «Bolajon» madaniyat va dam oliş boğida «Toşkentda yangi avtoturargoh tizimi: qulaylik, tartib va texnologiyalar» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda «Poytaxt Parking» loyihasi mutasaddilari iştirok etişdi.

Taqdimotda ma’lum qilinişiça, pulli avtoturargohlar loyihasi doirasida 2025 yil sentabriga qadar şaharning 86 ta köçasida jami 13 208 ta avtoturargoh joyi taşkil etiladi. Birinçi bosqiç 2025 yil may oyida 15 ta köçada boşlanadi. Ikkinçi bosqiçda (iyun–iyul) yana 30 ta köça qamrab olinadi. Uçinçi bosqiçda (iyul–sentabr) loyiha töliq işga tuşiriladi.

«Street Park Systems» kompaniyasi 2024 yil dekabrida ötkazilgan tanlov asosida poytaxtdagi pulli parkovkalarni taşkil etiş böyiça yagona operator sifatida tanlangan. Kompaniya jamoasiga ilgari Moskva, Ostona, Yevropa va AQŞdagi öxşaş tizimlar ustida işlagan xalqaro mutaxassislar jalb qilingan. Loyiha Toşkent şaroitiga moslaştirilgan yeçimlar asosida amalga oşirilmoqda.

Parkovka zonalari beş toifaga bölinadi. Har bir zonada yöl çiziqlari, maxsus belgilar, axborot stendlari, kameralar va zarur infratuzilma örnatiladi. Tizim «Poytaxt Parking» mobil ilovasi orqali boşqariladi. Ilova orqali avtomobil töxtab turişini boşlaş va tugatiş, tölovni amalga oşiriş, real vaqt rejimida böş joylarni köriş, eslatmalar oliş mumkin böladi.

Tölov miqdori joylaşuvga qarab 5 000 sömdan 12 000 sömgaça böladi. Tölovlar «Poytaxt Parking» ilovasi, Paynet terminallari, PayMe, Click, Uzum Bank, şuningdek xalqaro kartalar orqali amalga oşiriladi. Parkovka vaqti tugagandan keyin 5 daqiqa içida post-tölov qiliş imkoniyati ham mavjud.

Tizim YHXB, soliq xizmati, davlat xizmatlari va mahalliy boşqaruv tuzilmalari bilan integratsiyalaşgan. Kamera nazorati orqali avtomobil raqamlari avtomatik aniqlanadi va parkovka holati doimiy monitoring qilinadi.

Taqdimotda berilgan rasmiy prognozlarga köra, 2026 yilda avtoturargohlar soni 38 600 taga, 2030 yilga borib 84 000 taga yetkazilişi rejalaştirilgan. Tuşgan mablağlar şaharning yöllarini ta’mirlaş, jamoat transportini rivojlantiriş va obodonlaştirişga yönaltiriladi.