Şlezvig-Golşteyndagi (Germaniya) Cankt-Peter-Ording sohilidan yana bir kitning jasadi topildi. Bild’ning yozişiça, bu mazkur hududda ulkan dengiz sutemizuvçilari ölimi bilan boğliq uçinçi holat hisoblanadi.

Mahalliy turistik xizmat ma’lumotlariga köra, gap 10 metrli bukri kit haqida ketmoqda. Uning ölimiga nima sabab bölgani hozirça noma’lum.

Kitning jasadi utilizatsiya punktiga yetkazilgan — u ulkan ekskavator yordamida konteynerga yuklangan. Ölim sababini aniqlaş bilan Hannover veterinariya instituti şuğullanadi, natijalar yaqin kunlarda e’lon qilinişi kutilmoqda.

Bukri kitlar Atlantika okeanining şimoliy qismida yaşaydi, ba’zida Şimoliy dengizga ham suzib keladi. Joriy yil fevral oyida ularning ölimi bilan boğliq ikkita holat aniqlangan edi: avvaliga Zyult orolidan 14 metrli kaşalot, keyinroq Minzener-Oog kimsasiz orolidan yoşroq va ozib ketgan bukri kit jasadi topilgan. Sutemizuvçilarning birinçisi qirğoqqa çiqib qolib, öz vaznini kötarolmay nobud bölgan, ikkinçisining ölimiga esa içak parazitlari sabab bölgan.

Avvalroq Qozoğistonda Kaspiy dengizi sohilidan 80 dan ortiq ölik tyulenlar topilgani töğrisida xabar berilgan edi.