Tadbirda töqqizta Yevropa davlati — Belgiya, Daniya, Fransiya, Irlandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya vakillari qatnaşmoqda. Şuningdek, Yevrokomissiya, NATO, korxonalar, assotsiatsiyalar va nodavlat taşkilotlardan 140 nafardan ortiq xodimlar ham taklifni qabul qilgan.

Sammit iştirokçilari xavfsizlik bilan bir qatorda energiya ta’minoti va dengizda şamol energetikasini rivojlantiriş masalalarini muhokama qilmoqda. Mersning aytişiça, “juda köp miqdorda” şamol generatorlari allaqaçon qurilgan va bu yönalişda mamlakatlar “tez sur’atda oldinga siljişi kerak”. Kansler qöşimça qilişiça, forum iştirokçilarini birlaştirib turgan maqsad — “Şimoliy dengizni dunyodagi eng yirik toza energiya rezervuariga aylantiriş”.

GFR hukumati ma’lum qilişiça, uçraşuvda qatnaşgan mamlakatlar energetika vazirlari quvvati 100 GVtgaça bölgan transçegaraviy energetik tarmoq yaratiş böyiça kelişib olgan. Bundan taşqari, Şimoliy dengiz davlatlari, şamol energetikasi sanoati va elektr uzatiş tarmoqlari operatorlari örtasida qöşma investitsiya pakti ham közda tutilgan.

Şimoliy dengiz masalalari böyiça sammit birinçi marta 2022 yilda Daniyaning Esberg şahrida, 2023 yilda esa Belgiyaning Ostende şahrida bölib ötgan. Bu format Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga javob sifatida yaratilgan bölib, asosiy maqsad — qazilma yoqilği importiga, ayniqsa RFdan bölgan ta’minotga qaramlikni kamaytiriş. Asosiy e’tibor mos investitsiya şaroitlarini yaratiş, transçegaraviy rejalaştiriş va juda muhim infratuzilmani himoya qilişga qaratilgan.

2025 yil oktyabr oyi boşida Daniya harbiy razvedkasi rahbari Tomas Arenkil Rossiya Harbiy-dengiz floti kemalari Daniya harbiy kemalari va vertolyotlariga qurollarini qaratganini, şuningdek Boltiq va Şimoliy dengizlarni boğlaydigan Daniya böğozlarida navigatsiya tizimlari işiga xalal berganini aytgan. Maxsus xizmat bu haqdagi hisobotida Rossiya ğarbga qarşi gibrid uruş olib borayotgani, maqsad esa “NATOning siyosiy birdamligini zaiflaştiriş” va “qaror qabul qiliş qobiliyati”ni izdan çiqariş ekanini qayd etgan.