Markaziy bank 2026-yil yakuni böyiça inflyatsiya prognozini 6,5 foizdan 7 foizgaça oşirdi. Bu haqda 4-noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida aytib ötildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Matbuot anjumanida MB rasmiylariga isitiş tariflarining 30 foizga oşirilişi haqidagi rejalar Markaziy bankning inflatsiya prognozlari va asosiy stavka böyiça qarorlarida qay darajada hisobga olingani haqida savol berildi.

Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Oçilov regulyator tartibga solinadigan narxlarning eʼlon qilingan barça özgarişlar, xususan, issiqlik taʼminoti tariflarini ham hisob-kitoblarga kiritganini aytdi.

«Biz suyultirilgan gaz böladimi yoki isitiş tariflarini oşirişmi, ularning bir martalik taʼsirlarini joriy prognozda inobatga olganmiz. Kelgusi yil prognozlariga ham eʼlon qilingan barça özgarişlar kiritilgan. Şu nuqtai nazardan, 7 foiz deyilganda, barça omillar hisobga olingan», - dedi u.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Samiğjon Inoğamovning qöşimça qilişiça, issiq suv va isitiş xizmatlari narxlari oşirilişi regulyatorning dastlabki prognozlarida ham inobatga olingan bölgan, ammo narxlar kutilganidan köproq kötarilgan.

«Issiq suv va isitiş xizmatlari narxlari oşirilişi bizning dastlabki prognozlarimizda inobatga olinib, yil yakuniga inflyatsiyaning prognozi 6,5 dan 7 ga oşiriş tomonga qayta körib çiqildi. Bunda şu 6,5 lik prognozda ham kommunal tölovlar, jumladan, issiq suv va isitiş tizimlarining narxlari oşirilişi inobatga olingan edi. Hozir eʼlon qilingan tariflar sal yuqoriroq bölgani uçun bularni ham yangi prognozlarimizda hisobga oldik», dedi Inoğamov.

Maʼlumot uçun, Markaziy bankning avvalgi prognozlarida yil yakuni böyiça inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida şakllanişi qayd etilgandi. Sentabr yakuni böyiça bu körsatkiç 6,4 foiz bölgan.