AQŞ kongressiga oraliq saylovlardan keyin 4-noyabrga ötar keçasi demokratlar tarafdorlari uçun eyforiya, respublikaçilarni qöllab-quvvatlovçilar uçun esa xafalik onlari böldi. Ikki partiya nomzodlari ştablari ham saylov natijalarini jonli ravişda nişonlaş va kuzatiş uçun butun mamlakat böylab oldindan ziyofatlar taşkil etgandi. Ovoz beriş natijalari çiqa boşlagaç, turli lagerlardagi kayfiyat turli tomonga özgara boşladi. Yakuniy natijalar hali rasman eʼlon qilinmadi, ammo reytingi tuşib ketgan Donald Tramp boşçiligidagi respublikaçilar saylovni yutqazgani, demokratlar esa vakillar palatasi ustidan ham, AQŞ senatida ham nazoratni qölga olgani allaqaçon maʼlum. Quyida saylov tunida butun Amerika böylab nimalar röy bergani aks etgan suratlar.

Jon Cherry / Getty Images
Respublikaçilar tarafdorlari Kolumbusdagi Renaissance Columbus Downtown mehmonxonasida taşkil etilgan oqşomda, 2026-yil 3-noyabr
Adam Gray / Getty Images
Respublikaçi Ken Pakstonning tarafdorlari Dallasdagi The Westin Galleria mehmonxonasida taşkil etgan ziyofat. Texas boş prokurori Ken Pakston senatorlikka nomzodini qöygandi, ammo demokrat Jeyms Talarikoga yutqazdi
Chip Somodevilla / Getty Images
Demokrat Jeyms Talarikoning tarafdorlari Texasdan senatorlik uçun kuraşda Ken Pakston ustidan qozonilgan ğalabani nişonlamoqda. Foto Ostindagi Ijro sanʼati markazida olingan
Jon Cherry / Getty Images
Respublikançilarning Kolumbusdagi Renaissance Columbus Downtown mehmonxonasida uyuştirilgan ziyofatidan kadr. Ohayo gubernatorligi uçun saylovda Demokratik partiya nomzodi Emi Ekton ğolib çiqdi. U uşbu lavozimga saylangan ilk ayol kişi böldi. Ştatdan senator uçun saylovda ham demokrat Şerrod Braun ğalaba qozondi
Katie McTiernan / Anadolu / Getty Images
Demokratik partiya vakili Joslin Benson Miçigan gubernatorligi uçun saylovda qozonilgan ğalabani nişonlamoqda. Detroyt, 2026-yil 4-noyabr