Toşkentda elektromobilga quvvatlaş uskunasi uçun ruxsatnoma olib beriş va uni örnatiş evaziga pul talab qilgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari qölga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Çilonzor tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida tuman elektr tarmoqlari xodimlari fuqarodan 10 ming dollar olganida uşlangan.
«Oilaliman, muqaddam sudlanmaganman. Oldimga bir yigit kelib, transformator punkti örnatişga yordam berişimni söradi. Unga yöl-yöriğini tuşuntirdim… 10 ming dollar olib kelib berdi. Şu vaqtda uşlandim», — deydi tuman elektr ta’minot bölimi boş muhandisi.
Qölga olingan yana bir gumonlanuvçi — elektr ustasining aytişiça, ular transformator punkti örnatib beriş uçun 15 ming dollar söragan. Buning içiga 6 ming dollarga transformator olib keliş, şuningdek, 9 ming dollarga loyiha işlari amalga oşiriş kabi «xizmatlar» kirgan.
Hozirda holat yuzasidan töplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qiliş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.









