AQŞ hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi (Green Card) doirasida 55 mingtagaça doimiy yaşaş huquqini beruvçi vizalar ajratadi.

Qayd etilişiça, 2024 yilda taxminan 131 mingdan ortiq kişiga bu dastur (lotereya) doirasida yutuq çiqqan.

3 may kuni dastur natijalari e’lon qilindi. Unga köra:

  • Özbekiston — 5564;
  • Jazoir — 5526;
  • Rossiya — 5519;
  • Misr — 5515;
  • Sudan — 5505 nomzod ğalaba qozongan.

«Röyxatdan ötgan dastlabki 55 ming kişidan ba’zilari viza beriş uçun öz işini davom ettirmasligi mumkinligi sababli, bu muhimroq raqam barça DV-2025 raqamlari 2025 yilda (2024 yil 1 oktyabr, 2025 yil 30 sentabrgaça) işlatilişini ta’minlaşi kerak», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Green Card lotereyasi AQŞda 1990 yilgi immigratsiya töğrisidagi qonunga asosan işlab çiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya ğoliblari AQŞda yaşaş va işlaş huquqini beruvçi vizaga ega böladi. Lotereyani ötkaziş, ğoliblarni aniqlaş va ularga viza beriş bilan Davlat departamenti şuğullanadi. 

Har yili 55 mingta vizaga ega çiqiş uçun butun dunyo böylab 20 milliondan köproq odam ariza topşiradi. Odatda ğolib sifatida qayd etilgan ariza beruvçilarning 50 foizdan köproği viza böyiça intervyudan ötgan taqdirdagina viza oladi.