Fransiya 12 nafar jazoirlik diplomat va konsullik xodimlarini mamlakatdan çiqarib yuboriş va Jazoirdagi elçisini çaqirib oliş qarorini e’lon qildi. Bu haqda Yelisey saroyining 15 aprel, seşanba kuni çop etilgan bayonotida aytiladi. Jazoir vakillariga Fransiyani tark etişlari uçun 48 soat vaqt berildi.

Parijning bu harakati Jazoirning Fransiya elçixonasining 12 nafar xodimini mamlakatdan çiqarib yuboriş haqidagi xuddi şunday qaroriga javob böldi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning idorasi Jazoirning harakatlarini «tuşunarsiz va oqlab bölmaydigan» deb atadi va muloqotni qayta boşlaşga çaqirdi. «Ikki tomonlama munosabatlarimiz keskin yomonlaşgani uçun javobgarlik Jazoir hukumati zimmasiga tuşadi», — deyiladi hujjatda.

Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun va Emmanuel Makronning mamlakatlar örtasidagi aloqalarni tiklaşga qaratilgan telefon suhbatidan atigi ikki hafta ötib ikki davlat örtasidagi munosabatlar bunday tus olganidan Fransiya «hayratda». Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barroning aytişiça, Jazoir «eskalatsiya yölini tanlagan».

Ötgan yili Fransiya Marokaşning Ğarbiy Sahro, ya’ni "Polisario fronti" partizan harakati Jazoir kömagida mustaqillik uçun kuraşayotgan bahsli hududdagi suverenitetini tan olganidan söng mamlakatlar örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi, deb yozadi AFP. Biroq keskinlaşuvning sönggi bosqiçi joriy yilning aprel oyida sodir böldi, öşanda uç nafar Jazoir fuqarosi, jumladan, Jazoir elçixonasi xodimi Fransiyada hibsga olindi.