Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida bola öğirlaş bilan boğliq holat kuzatilmagani va şu mazmunda tarqalayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum qilindi.

Viloyat IIBBning bildirişiça, 9 sentabr kuni Yuqori Çirçiq tumani «Taraqqiyot» mahallasida yaşovçi voyaga yetmagan şaxs yaqinlariga aytmasdan boşqa mahallada yaşayotgan döstining uyiga ketgan. Oradan vaqt ötib qarindoşlari uni topganda noqulay vaziyatdan çiqiş uçun “meni öğirlab ketmoqçi bölişdi” degan mazmunda gapirgan va buni eşitgan yaqinlari içki işlar organlariga xabar bergan.

Şu vaqtning özida olib borilgan örganişlar natijasida tuman hududida bu kabi holat kuzatilmagani va bola yaqinlari dakki berişidan çöçib yolğon gapirgani ma’lum bölgan.

Xabar qilinişiça, tuman IIB mas’ullari tomonidan bola va uning yaqinlari bilan profilaktik suhbat ötkazilib, bu kabi harakatlarning huquqiy oqibatlari tuşuntirilgan.