Ijtimoiy tengsizlik va qaşşoqlik hali ham dolzarb global muammolar bölib qolmoqda. BMTning Rossiyadagi Axborot markazi direktori Vladimir Kuznetsovning sözlariga köra, Afrika mamlakatlarida har olti soniyada oçlikdan bir bola vafot etmoqda.

«Qaşşoqlik, oziq-ovqat xavfsizligi. Afrikada hanuz har olti soniyada oçlikdan bir bola vafot etadi — bu dahşat», — deydi Kuznetsov.

U, şuningdek, sun’iy intellekt rivojlanayotgan bir paytda Yer aholisining 50 foizi internetga kira olmasligiga e’tibor qaratdi.

9 may kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti e’lon qilgan hisobotda qayd etilişiça, Ğarbiy va Markaziy Afrikada 36 milliondan ortiq kişi oziq-ovqat tanqisligini boşdan keçirmoqda. Hosil yaxşi bölmagan yilda 52 milliondan ortiq odam oçlik xavfi ostida qolişi mumkin.

2024 yil oktyabr oyi ma’lumotlariga köra, dunyoda 733 million kişi oçlikdan aziyat çekmoqda, ularning aksariyati Afrika mintaqasida yaşaydi. Dunyoning 36 ta davlatida töyib ovqatlanmaslik bilan boğliq holat «jiddiy», oltitasida esa «öta jiddiy» deya ta’riflangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib berişga qurolli mojarolar, xususan, Sudandagi fuqarolik uruşi, global iqlim özgarişining salbiy oqibatlari ta’sir körsatyapti.