Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
Isroil armiyasi odamlarni o‘z xavfsizligi uchun Yamanning Qizil dengizdagi uchta porti – Ras Iso, Xodayda va As Salif portlarini tark etishga chaqirdi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) yana bir bor Yamanning uchta portidagi odamlarni evakuatsiya qilishga chaqirdi. «Takroriy ogohlantirish» Yamanning husiychilar nazorati ostidagi Ras Iso, Xodayda va As-Salif portlariga tegishli, deb yozdi TsAXAL vakili 14 may, chorshanba kuni X platformasida arab tilida.
Al-Hodeyda viloyatidagi Qizil dengiz sohilida joylashgan portlardan husiychilar «terrorchilik faoliyati» uchun foydalanmoqda va odamlar o‘z xavfsizligi uchun bu obektlar yaqinida bo‘lmasliklari kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
11 may kuni ham Isroil armiyasi vakili xuddi shunday chaqiriq bilan chiqdi. Bu ogohlantirishdan keyin Isroil hujumlari haqida rasmiy xabarlar kelib tushmadi. Husiychilar so‘nggi kunlarda Isroilga bir necha bor raketa hujumi uyushtirdi. Oxirgi hujum 14 may kuni ertalab amalga oshirilgan, raketa Isroil kuchlari tomonidan tutib olingan.
Mavzuga oid
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
22:03 / 03.06.2026
Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi
17:02 / 03.06.2026